Klopp “Barsa”dan ikkita zo‘r o‘yinchini so‘rayapti

  • 31 avgust, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar “Barselona”ning ikki o‘yinchisi bo‘yicha muzokara boshlashga tayyorlanyapti.

Liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub rahbariyatidan Ansu Fati va Abde Ezzalzulini olib berishni so‘ragan.

Transfer mutaxassislarining ta’kidlashiga ko‘ra, “Liverpul” birdaniga ikki o‘yinchini transfer qilishga qiynaladi. Shu bois, Yurgen Klopp hech bo‘lmaganda yuqorida nomi keltirilgan hujumkor futbolchilarni birini olishga ham rozi.

Jurnalist David Bernabeuning yozishicha, “Liverpul” tez orada asosiy to‘purari Muhammad Saloh bilan xayrlashishi mumkin. “Barsa” o‘yinchilari Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubidan supertaklif olgan Muhammad Salohning o‘rnini bosishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!