
Klopp bu yilgi Chempionlar ligasida kim g‘alaba qozonishini aytdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp joriy mavsumda Evropa chempionlar ligasida bosh sovrin uchun “Bavariya” va “Manchester Siti” asosiy da’vogar sifatida kurash olib borishini aytdi.
- Musobaqada ishtirokini davom ettirayotgan klublar o‘rtasida “Bavariya” va “Manchester Siti” favorit. Bu turnirda g‘olib chiqish uchun, zo‘r tarkibni tayyorlashdan tashqari, omad ham kerak. Albatta, boshqa jamoalarda ham imkoniyat bo‘ladi. Lekin “Bavariya” va “Manchester Siti”da shu imkon ko‘proq, - dedi Klopp.
“Liverpul” Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Lekin Klopp shogirdlari tez orada unvonni boshqa klubga topshiradi.
Fikrlar