
Klopp: "Hozirda chempionlik uchun kurashayotganimiz ajoyib holatdir”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Sautgempton” (3:1) qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ba’zida eng yuqori darajada o‘ynay olmaymiz, lekin oxirigacha kurashishda davom etmoqdamiz. Muhimi shu. “Liverpul”dan “Manchester Siti”dek o‘yin ko‘rsatishlarini kutishmoqda, ammo biz bunday qila olmaymiz. Chunki bizda o‘z uslubimiz bor va shu ostida o‘ynaymiz.
Biz allaqachon 82 ochko jamg‘ardik. Aql bovar qilmas darajadagi chempionat uchun bu zo‘r natija hisoblanadi. Bundan fahrlanaman.
Mavsum hamma jamoa uchun qiyin kechyapti. Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun odatda 70-75 ochko kerak. APL g‘olibligi uchun 90 ochko olish talab etiladi. Hozirda chempionlik uchun kurashayotganimiz ajoyib holatdir” – deydi Yurgen Klopp.
Fikrlar