Klopp: “Inter“ biz uchun hamon xavfli“

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul“ bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Inter“ ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning aytishicha, ilk o‘yindan so‘ng hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q.

Bu biz uchun 1-taym edi, xolos. 2-taym Liverpulda davom etadi.

Kutilganidek, qiyin o‘yin bo‘ldi. Biroq biz buni bilardik.

2:0 yaxshi natijadek ko‘rinadi. Lekin men ikkinchi o‘yin ahamiyatsiz, demagan bo‘lardim.

“Inter“ - jismoniy tomonlama kuchli jamoa. Milanliklar pas bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatadi va ayniqsa, himoyada tartibli harakat qiladi. Bizning “Inter“ga qarshi missiyamiz hali tugagani yo‘q“, - dedi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!