
Klopp: "Keyingi final qachon? "Liverpul" uchun joy tayyorlab qo‘ying. Yana qaytamiz!"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Kiyinish xonasida hech kim mavsum ajoyib o‘tganini eslamayotgandi. Ha, bu og‘riqli mag‘lubiyat bo‘ldi. Buni qabul qilish uchun vaqt kerak.
Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Ammo mukammal emas. Shunga qaramay, raqibning o‘yinini ham etuk uslub, deya olmayman.
Juda ko‘p zarbalar berdik. Biroq goldan darak bo‘lmadi. Kurtua ikkita fantastik seyv ijro etdi. Buni tan olish kerak.
Finalga etib borish ham muvaffaqiyat. Men yana finalda o‘ynashimizga ishonaman. Yigitlar ham buni yaxshi biladi.
Keyingi final qachon va qaerda bo‘ladi? Istanbuldami? Biz uchun joy tayyorlab qo‘ying. Yana qaytamiz!", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar