
Klopp “Liverpul” yulduzini do‘pposlashga harakat qilgani oshkor bo‘ldi
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Ragnar Klavan bosh murabbiy Yurgen Klopp jamoaga o‘z fikrini o‘tkazish uchun etakchi yarim himoyachi Jeyms Milner bilan mushtlashishiga bir bahya qolganini aytib berdi.
Klavanning aytishicha, bu voqea 2017 yilning yanvarida bo‘lgan ekan. O‘shanda “Liverpul” musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasida borayotgan va “Sanderlend” bilan o‘yinda ochko yo‘qotgan edi.
- Klopp va Milner mushtlashib ketishiga ozgina qoldi. Biroq, Milner o‘z vaqtida ortga chekindi. Yurgenning ko‘zlarida u kerak bo‘lsa, fikrini o‘tkazish uchun oxirigacha borishi ko‘rinib turardi. U davr Klopp uchun ancha murakkab edi. Murabbiy katta bosim ostida qolgandi, - dedi Ragnar Klavan.
Keyinchalik germaniyalik mutaxassis 2019-2020 yilgi mavsumda “Liverpul”ni chempionga aylantirdi.
Fikrlar