Klopp “Liverpul”dan ketadi. Unga zo‘r taklif bor

  • 27 fevral, 2021, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub bilan 2024 yilning yozigacha imzolangan shartnomasi oldinroq bekor qilishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, germaniyalik mutaxassis 2022 yilda Angliyani tark etishi kerak.

Tecno

Bild nashrining ma’lum qilishicha, tajribali murabbiy 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan keyin Yoaxim Lyovdan Germaniya terma jamoasini qabul qilib olishi rejalashtirilgan.

Yurgen Klopp “Liverpul”ni 30 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioni qilgan mutaxassis hisoblanadi. Shuningdek, liverpulliklar bu murabbiy qo‘l ostida Evropa Chempionlar ligasida ham bosh sovrin sohibi bo‘lgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!