
Klopp "Liverpul"dan ketadimi? Uning o‘zi bu savolga javob berdi
Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp "Liverpul"dagi kelajagi haqida gapirdi.
“Boshqa klubni boshqarib, ko‘proq pul sarflashim mumkinmi? Balki, lekin mening jamoam "Liverpul". Kimdir meni ketishimni va yangi ish qidirishimni xohlayaptimi? Rostini aytsam, mendan nima kutishayotganini tushunmayapman.
Biz yozgi transfer bozorida yaxshi xaridlarni amalga oshirish niyatidamiz, bu bizning vazifamiz”, - deya murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi insayder Fabritsio Romano.
Eslatib o‘tamiz, Klopp 2015 yilning oktyabridan buyon “Liverpul” bosh murabbiyi hisoblanadi. 55 yoshli mutaxassisning mersisaydliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar