Klopp "Liverpul"dan ketishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga javob qaytardi

  • 17 sentabr, 2019, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp agenti Mark Kositske tomonidan o‘zining mersisaydliklar safidan ketishi mumkinligi borasida bildirilgan gaplarga javob qaytardi.

“Mark shunchaki hazillashishni xohlagan. Bu nemischa hazil edi, ammo buni hech kim tushunmadi. Menda Angliya ob-havosi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q. Men hech qachon ob-havo sabab jamoadan ketmaganman. Iqlim men mamlakatni tark etishim uchun etarli sabab hisoblanmaydi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Kloppning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!