
Klopp: "Men OAVni o‘qimayman"
Yurgen Klopp Chempionlar ligasi doirasidagi "Liverpul" - "Real" (2:5) o‘yinini tahlil qildi.
"Biz o‘yinni ko‘rib chiqdik. Buni futbolchilar bilan birgalikda bajarishga ulgurmadik. Xuddi shu narsa mashg‘ulotlarga ham tegishli, chunki bizda ko‘p vaqt yo‘q.
Men OAVni o‘qimayman. Chempionlar ligasida o‘z uyida o‘tkazib yuborilgan beshta golni qabul qilib olishni kechirib bo‘lmaydi.
Shunday mag‘lubiyatga uchraganingizda, odamlarning gaplarini o‘qish yoki tinglashdan foyda yo‘q. Lekin birinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi, o‘tmishdagi ko‘p narsalar qaytib keldi, ammo bizga barqarorlik etishmadi.
Ikkinchi bo‘limning boshlanishi biz uchun eng yomoni bo‘ldi", - dedi Klopp.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni APLning 25-turi doirasida "Liverpul" "Kristal Pelas" mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar