
Klopp nega "Liverpul"da birorta ham frantsiyalik futbolchi yo‘qligi haqidagi savolga javob qaytardi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Canal+ telekanaliga bergan intervyusida nega jamoasida frantsiyalik futbolchilar yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.
“Bunga hech qanday sabab yo‘q. Shunchaki Kilian Mbappe PSJda o‘ynaydi (kuladi). Grizmann esa “Barselona”ga o‘tdi. Sizlar terma jamoangiz qanchalik zo‘r ekanligini yaxshi bilasizlar. Biz ayrim frantsuz futbolchilarini sotib olishni xohlagandik, ammo, ular bizga juda ham qimmatlik qildi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar