
Klopp oldida yana bir bosh og‘rig‘i yuzaga keldi
"Liverpul"ning asosiy himoyachilaridan biri Endryu Robertson APL 18-turidan o‘rin olgan "Lester"ga qarshi bahsda jarohat oldi.
Shotlandiyalik futbolchi 62-daqiqada zaxiraga olindi, uning o‘rniga Konstantinos Tsimikas o‘yinga qo‘shildi. E’tiborlisi, u maydonni shifokorlar ko‘magi bilan tark etishga majbur bo‘ldi.
Hozircha, jarohatning qay darajada jiddiy ekani ma’lum emas. 28 yoshli fulbek eski jarohatini tiklab, yaqindagina safga qaytgandi.
Robertosn joriy mavsum APLda 14 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar