
Klopp: "Pulni sarflashdan oldin uni yig‘ish kerak"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jurnalistlarga klubning ehtimoliy transfer variantlari haqida gapirdi.
"Pulni sarflashdan oldin uni yig‘ish kerak. Mukammal tizim shunday ishlaydi", - dedi nemis mutaxassisi ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, bu qishda "Liverpul" birinchi transferini e’lon qilgan edi. Gollandiyalik hujumchi Kodi Gakpo mersisaydliklar safiga qo‘shildi.
Ayni damda Klopp shogirdlari 28 ochko bilan Angliya premer-ligasi turnir jadvalida oltinchi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar