Klopp tan oldi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutinoning 2018 yil yanvar oyida "Barselona"ga o‘tishi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi va Koutinoni jamoada qoldirish uchun imkoniyati bo‘lmaganligini tan oldi.
"Men Filning qarorini birinchi soniyadan boshlab hurmat qilardim. Bir necha hafta oldin u "qizillar" bilan shartnomasini yangiladi, ammo bizda "Barselona" ga qarshi imkoniyat yo‘q edi. Biz uchun oson bo‘lmadi, chunki variantlar ko‘p emas edi.
Lallana jarohatini davolatish uchun uchib ketgan edi. Shu tariqa, biz qisqa vaqt ichida ikkita futbolchimizni yo‘qotdik. Yangi futbolchi sotib olish uchun vaqt yo‘q edi.
Koutino bizga ultimatum qo‘ygani yo‘q. Shuning uchun, uning ketishiga ijozat berish to‘g‘ri bo‘lardi”, - deya Kloppning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Mundo Deportivo" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Koutino 2018 yil qishki transfer oynasi vaqtida 120 mln evro va 40 mln evro bonus evaziga "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar