
Klopp: "Tottenxem"dek jamoaga yarashmaydi..."
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha "Tottenxem"ga qarshi kechgan fantastik uchrashuvdan so‘ng raqib haqida qisqasa fikr bildirib o‘tdi.
"Tottenxem" umuman o‘zgarmayapti. Ular 3:1 hisobida yutqazayotganida ham faqat qarshi hujumlarga tayanib, harakat qilishayotgandi.
"Shporlar" yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishi kerak. Ular faqat qarshi hujumda to‘p tepishi to‘g‘ri ish emas. Bu narsa "Tottenxem"dek jamoaga yarashmaydi", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Liverpul" Jotaning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga londonliklarni 4:3 hisobida taslim etdi.
Fikrlar