Klopp Virtsning «Liverpul»dagi muammolarini tushuntirdi

  • 26.09.2026 22:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa hujumkor yarimhimoyachisi Florian Virtsni himoya qildi. Nemis futbolchisi Mersisayd klubida hali o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olmayotgani haqida ko‘p tanqidlar aytilmoqda.

«Vaziyatga kengroq nazar tashlasangiz, Florian «Liverpul»ga juda noqulay paytda kelganini tushunasiz. Bu Diogu Jota vafoti bilan bog‘liq. Virts jamoaga shunday bir vaqtda qo‘shildiki, o‘sha kunlarda futbol futbolchilar uchun birinchi o‘rindagi masala emasdi. Buni to‘liq tushunish mumkin.

Shunga qaramay, u «Liverpul»dagi ilk mavsumida juda ko‘p narsani o‘rgandi. Endi esa yangi bosh murabbiy qo‘l ostida yangi mavsum boshlandi va Florian har bir o‘yinda asosiy tarkibdan joy olmoqda. Jismoniy jihatdan u yaxshi holatda, jamoa esa asta-sekin bir-biriga moslasha boshlandi. Hujumchi o‘yinchilar uchun atrofidagi jamoa o‘yini yo‘lga qo‘yilishi juda muhim. Futbolni yaxshi ko‘radigan har qanday inson Virts qanday iste’dodli futbolchi ekanini ko‘rib turibdi», – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Florian Virts «Liverpul» safida o‘tkazgan 55 o‘yinda 7 ta gol urgan va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!