Kloppning Muhammad Saloh bo‘yicha rejasi oshkor bo‘ldi

  • 5 sentabr, 2023, 07:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Muhammad Salohning Saudiya Arabistoniga ketishiga to‘sqinlik qilib bo‘lmasligini tan oldi. Biroq, germaniyalik mutaxassis misrlik to‘purar jamoada yana bir mavsum o‘ynab berishini istayapti.

Ma’lumki, “Al-Ittihod” Muhammad Salohning badal puliga 200 million funt tikkan. “Liverpul” bu darajada katta mablag‘dan yuz o‘gira olmaydi.

Bundan tashqari, futbolchining o‘ziga ham juda katta maosh taklif qilinyapti. Muhammad Salohni ushlab qolishning deyarli imkoni yo‘qligi aytilmoqda.

Shunga qaramay, Yurgen Klopp klub rahbariyatini saudiyaliklarning taklifini qabul qilmaslikka, Muhammad Salohni esa, yana bir mavsum “Liverpul”da qolishga ko‘ndirishga urinib ko‘rmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!