
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati taqvimi e’lon qilindi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘yinlarining to‘liq jadvali ma’lum bo‘ldi.
Taqvimga ko‘ra, 2025 yil 14 iyun kuni Mayamidagi "Hard Rock Stadium"da "Inter Mayami" va "Al-Ahli" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi esa 13 iyul kuni Nyu-York shtatining Nyu-Jersi shtatidagi "MetLife" stadionida bo‘ladi. Shuningdek, ushbu maydonda ikkita yarim final va bitta chorak final o‘yini ham o‘tkaziladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino o‘yinlar jadvali e’lon qilinganidan so‘ng bayonot berdi.
- 32 ta jamoa yo‘llari aniqlandi va endi biz 12 ta yuqori darajali stadionda guruh bosqichining 48 ta qiziqarli bahsini qaysi vaqtda va qaerda kuzatishimiz mumkinligini bilamiz. Pley-off bosqichining yana 15 ta o‘yini bilan birgalikda, ushbu jadval AQShda yashovchi, o‘z klublarini qo‘llab-quvvatlash uchun chet eldan ushbu shaharlarga tashrif buyuradigan yoki DAZN va FIFA+ orqali dunyoning barcha burchaklaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bepul tomosha qilishlari mumkin, - dedi Infantino.
Fikrlar