
Kolosovskiy: "Guruhdan chiqa olmaganimiz uchun muxlislardan uzr so‘rayman"
O‘zbekiston Kubogi doirasidagi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (0:1) bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bugun jamoa oldiga raqibni 2 ta to‘p farqi bilan yutish vazifasini qo‘ygandik. Yaxshi harakat qildik, g‘alaba qozondik, ammo bu guruhdan chiqish uchun etarli bo‘lmadi. "Bunyodkor"ni guruhdan chiqqani bilan tabriklayman. Guruhdan chiqa olmaganimiz uchun muxlislardan uzr so‘rayman.
- Nega ko‘p vaziyatlarni golga aylantirishda muammolar kuzatilyapti?
- Bu faqat bugun emas, har doim kuzatilyapti. Futbolchilar bundan asabiylashyapti. O‘ylaymanki, vaqti kelib bu muammodan qutulamiz.
Fikrlar