
Kompanining xayrlashuv uchrashuvida kimlar o‘ynaydi?
"Manchester Siti"ning sobiq ximoyachisi Vensan Kompani xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning bir qator sobiq futbolchilari qatnashadi. Bular: Edvin van der Sar, Gari Nevill, Fil Nevill, Jon O’Shi, Ues Braun, Nikki Batt, Maykl Kerrik, Rayan Giggz va Robin van Persi.
APL yulduzlari terma jamoasini belgiyalik murabbiy Roberto Martines boshqaradi.
Shu qatorda, bellashuvda "Monako" futbolchisi Sesk Fabregas, Emil Xeski va Rafael van der Vart ishtirok etishadi.
"Man Siti"ning afsonaviy jamoasi tarkibida Mario Balotelli, xujumchi Serxio Aguero va David Silva ham qatnashadi.
Bulardan tashqari, "shaxarliklar" tarkibida Jo Xart, Shey Given, Gael Klishi, Aleksandar Kolarov, Joleon Leskott, Mika Richards, Pablo Sabaleta, Dedrik Boyata, Ueyn Brij, Richard Dann, Nayjel de Yong, Samir Nasri, Shon Rayt-Fillips, Stiven Ayrlend va Kreyg Bellami o‘ynashadi.
Ma’lumot uchun, uchrashuv 11 sentyabr kuni "Etixad" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar