Kompyuter "Liverpul" chempion bo‘lishini, "Arsenal" va MYu esa EChL yo‘llanmasisiz qolishini taxmin qildi

  • 30 dekabr, 2018, 12:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kompyuter maxsus dastur yordamida Angliya premer-ligasining joriy mavsum chempionini taxmin qildi.

Tecno

Unga ko‘ra “Liverpul” mavsum so‘nggida 106 ochko bilan chempion bo‘ladi.Qayd etish lozimki, agar mersisaydliklar chindan ham shuncha ochko jamg‘ara olishsa, bu APL rekordiga aylanadi.

EChLga yo‘llanma beruvchi kuchli to‘rtlikdan esa "Manchester Siti" (97), "Tottenxem" (94) va "Chelsi" (79) joy oladi. Beshinchi va oltinchi pog‘onalar

esa "Arsenal" (78) va "Manchester Yunayted"ga (67) nasib etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda 20ta turdan so‘ng 54 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!