Konferentsiyalar ligasi. Mourino bugun Abraxam o‘rniga Shomurodovni o‘ynatmoqchi!

  • 30 sentabr, 2021, 07:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

30 sentyabr kuni “Roma” futbolchilari UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turida Luganskda “Zarya” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

UEFA tasnifidagi uchinchi turnirda ilk marotaba ishtirok etayotgan Rim klubi bosh sovrin uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Rimliklar Konferentsiyalar ligasida juda zo‘r natijalarni qayd etmoqda.

Joze Mourino shogirdlari xalqaro miqyosda uchta uchrashuv o‘tkazib,  saralash raundida Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasini 2:1, 3:0, guruh bosqichining birinchi turida Bolgariyaning TsSKA jamoasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

19991945_0_108_2075_1275_1920x0_80_0_0_cfceb5880de38bfd7e8bf606d1307265_1

“Roma”ning ikkinchi turdagi raqibi – “Zarya” esa musobaqani guruh bosqichidan boshladi. Luganskliklar aslida Evropa ligasida ishtirok etayotgan edi. Biroq Ukraina klubi nufuzi jihatidan yuqoriroq bo‘lgan turnirning saralash bosqichidan o‘ta olmadi va bir pog‘ona pastga tushdi.

Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining birinchi turida “Zarya”ni ushbu musobaqaning saralash raundidan bazo‘r o‘tgan Norvegiyaning “Bude-Glimt” jamoasi ham o‘z uyida 3:1 hisobida engib qo‘ydi. O‘sha bahsda luganskliklar mezbonlarga munosib qarshilik ko‘rsata olmadi.

Mutaxassislar Luganskdagi bellashuvda “Roma” favorit ekanini ta’kidlamoqda. Aslida Joze Mourino shogirdlari turnirda g‘olib chiqish uchun asosiy da’vogarlardan. Agar “Roma” shu tarkibi va saviyasi bilan UEFAning uchinchi darajali musobaqasida “pichoqqa ilinadigan” natija qayd eta olmasa, A Seriyadagi yuqori o‘rinlar va Chempionlar ligasi yo‘llanmasi orzuligicha qolib ketishi mumkin.

Yana bir e’tiborga molik ma’lumot.  “Zarya”ga qarshi uchrashuv portugaliyalik murabbiy uchun tarixiy ahamiyatga ega. Corriere della Sera nashrining ma’lum qilishicha, bu bahs Mourinoning Evropa miqyosidagi 200 uchrashuvi sifatida qayd etiladi.

Mashhur murabbiyning xalqaro miqyosdagi debyuti 2000 yilda “Benfika”da ishlagan vaqtda ro‘y bergan. O‘shanda portugaliyaliklar UEFA kubogida “Xalmstad” klubini keyingi bosqichga o‘tkazib yuborgan.

Keyinchalik Mourino turli jamoalar bosh murabbiyi sifatida Chempionlar ligasida ikki marotaba, Evropa ligasida bir bor bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Statistik ma’lumotlarda Joze Mourino Chempionlar ligasida 151 ta, Evropa ligasida 42 ta, UEFA Superkubogida 3 ta va Konferentsiyalar ligasida uchta uchrashuvda shogirdlarini maydonga boshlab tushgan.

rue9d24985062

200 uchrashuv oldidan Mourino boshqargan jamoalar qit’a miqyosidagi xalqaro uchrashuvlardan 112 tasida g‘alaba qozongan, 44 marotaba durang qayd etgan va 43 marta raqibning ustunligini tan olishga majbur bo‘lgan.

Agar “Roma” yubiley uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilsa, to‘rtta o‘yinda to‘rtta g‘alaba bilan bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Chelsi”, “Real” va “Tottenxem”ga tenglashib oladi.

Italiya futbolini batafsil yoritib kelayotgan calciomercato.com sayti Mourino A Seriyada “Latsio”dan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng, mashg‘ulotlarning rang-barangligiga e’tibor qaratgan. Portugaliyalik mutaxassis og‘ir o‘tgan uchrashuvda ko‘p kuch yo‘qotgan futbolchilarni maydondagi mashg‘ulotlardan ozod qilib,  trenajyor zalida shug‘ullantirgan.

Shuningdek, mazkur sayt “Roma” murabbiylar shtabi “Zarya”ga qarshi uchrashuvda jamoaning asosiy hujumchisi Temmi Abraxamga dam berib, o‘rniga Eldor Shomurodovni tushirishni rejalashtirayotganini yozmoqda. Shuningdek, “Real”dan ijaraga olingan Borxa Mayoralga ham imkoniyat berilishi kutilmoqda.

Eldor Shomurodov “Roma”dagi rasmiy ilk golini aynan Konferentsiyalar ligasida urgani yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Shuningdek, bu turnirda uchta o‘yinda qatnashgan legionerimiz jamoadoshlariga ikkita golli pas ham oshirgan.

YuN5XDtAPuiNGNy_GOf7W2e6e_f8Y-J7

“Zarya” – “Roma” uchrashuvi 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
30/09/2021 01:20
Qilomasakerek abramxam xafa busakerk
Sattorov Xayriddin
30/09/2021 01:20
Joze bu qulidan kelarmikan