Konor Makgregor Gilbert Byornsni haqorat qildi!

  • 12 oktabr, 2023, 23:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ikki vazn toifasi sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yarim o‘rta vazn toifasi vakili Gilbert Byorns tomoniga "haqorat toshlari"ni otdi.

"Gilbert semiz "Durino", ko‘p gapirgandan ko‘ra tezroq oktagonga chiqishni o‘yla!", - deb yozdi Konor ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor oxirgi marta 2021 yilning yozida Dastin Pore bilan jangda oyog‘ini sindirib olgandi.

Byorns 2023 yilning may oyida Belal Muhammadga ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!