Konor Makgregor "Manchester Yunayted"ni sotib olmoqchi?!

  • 21 aprel, 2021, 10:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ga egalik qiladigan Gleyzerlar oilasi yaqin orada klubni sotishi mumkin.

Tecno

Buning sababi, Evropa Superligasining asoschilaridan biriga aylangan mankunianlarning qattiq tanqid qilingani bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail muxbiri Mayk Kigan.

Manbaga ko‘ra, endi hamma narsa Gleyzer haqiqatan ham, MYuni sotishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Ular klubni 2005 yilda 790 million funt evaziga sotib olgan edi.

Jamoa muxlislari va futbolchilari "Yunayted"ning Superliga loyihasida ishtirok etishga rozi bo‘lganidan juda norozi bo‘ldi. OAV allaqachon Ed Vudvord klub vitse-prezidenti lavozimini tark etgani haqida xabar tarqatgan.

UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor ushbu holatga hazilomuz izoh berdi.

“Manchester Yunayted"ni sotib olish haqida o‘ylayapman. Bunga nima deysiz?”, - deb yozdi irlandiyalik MMA jangchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!