
Konor MakGregor oktagonga qachon qaytadi? Bu savolga uning sparring sherigi javob berdi
Bellator ning engil vazn toifasidagi jangchisi va Konorning sparring sherigi Piter Kuilli MakGregor qachon oktagonga qaytishini aytdi.
“Menda ba’zi ma’lumotlar bor. Menimcha, Konor va Maykl sentabrda jang o‘tkazadi", - deb Kuilli so‘zlarini keltirgan TalkSPORT.
Eslatib o‘tamiz, MakGregor(22-6) sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar tufayli Maykl Chendler(23-8) bilan jangni keyinroqqa ko‘chirgandi.
Fikrlar