Konor MakGregor tomonidan super tayyorgarlik! U necha soat sparring o‘tkazganini ma’lum qildi

  • 05.12.2020 08:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor MakGregor Dastin Pore bilan bo‘lajak revansh jangiga tayyorgarligi haqida gapirdi.

Tecno

"So‘nggi 6 haftalik mashg‘ulotlarda men 375 daqiqa davomida sparring o‘tkazdim. Bu 5 daqiqalik 75 ta  raundga to‘g‘ri keladi. Yoki MMA bo‘yicha 15 ta chempionlik jangi", - deb yozdi irlandiyalik o‘z Instagram sahifasiga.

Konor va Pore o‘rtasidagi revansh jangi 23 yanvar kuni "UFC 257" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Ularning dastlabki to‘qnashuvida Konor texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!