Konte "Inter"ga MYuning sobiq futbolchisini olib kelmoqchi
Yozda “Manchester Yunayted”dan “Parma”ga ko‘chib o‘tgan himoyachi Matteo Darmian “Inter”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Calciomercato nashrining xabar berishicha 29 yoshli italiyalik futbolchining transferiga shaxsan "nerradzurrilar" bosh murabbiyi Antoni Konte qiziqish bildirmoqda. Konte milanliklar himoyachisi Valentino Lazaroning ko‘rsatayotgan o‘yinida qoniqish xosil qilmayapti.
Aytish kerakki, “Inter” Darmianni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Matteo Darmian joriy mavsum “Parma” safida jami 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.



Fikrlar