
Konte: Lukaku kattaligi uchun ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazishi kerak
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa hujumchisi ROmelu Lukaku borasida fikrlar bildirdi.
"Romelu shubhasiz kattaroqligi sababli ko‘proq mashq qilishi kerak bo‘lgan o‘yinchi, Lukak ko‘proq ishlashi, o‘ynashi va ajoyib formada bo‘lishi kerak. Mavsum boshida u belidan jarohat oldi. Bizga "Barselona" ga qarshi o‘yinda Lukaku kerak edi, u tarkibda bo‘lishi biz uchun muhim edi. Ammo u bo‘lmadi.
Lukaku juda g‘ayratli va o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Umid qilamanki, barcha muammolar ortda qoladi va u 100 foiz tayyor bo‘ladi," - dedi Konte.
Fikrlar