
Konte Obameyangni "Inter"da ko‘rmoqchi
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte yozgi transferlar davrida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, italiyalik mutaxassisning bu boradagi e’tibori "Arsenal" forvardi Pera-Emerik Obameyangga tushgan. “Neradzurrilar” gabonlik futbolchini yozda “Barselona”ga ketishi kutilayotgan argentinalik hujumchi Lautaro Martines o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda.
Ta’kidlash kerakki, "Inter" Obameyang uchun kurashda "Manchester Yunayted" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar