Konte uni "Inter"da olib qolmoqchi

  • 22 aprel, 2020, 20:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” klubi himoyachisi Eshli Yang yangi mavsumni ham milanliklar safida o‘tkazishi mumkin.

Tecno

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” 34 yoshli ingliz futbolchisi bilan amaldagi shartnomani yana 1 yilga uzaytirishmoqchi. Ushbu taklif shaxsan jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontedan chiqqan.

“Inter” joriy hafta unga yangi kelishuvni yuborgan va Yang ushbu shartnomani tez orada imzolashi kutilmoqda.

Eshli Yang “Inter” safiga joriy qishki transferlar davrida “Manchester Yunayted”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!