
"Konya-2021". Stol tennischilarimiz ham final ostonasida (video)
Konya shahri mezbonlik qilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarining jamoaviy bahslari ham qizg‘in ruhda davom etmoqda.
Stol tennischi qizlarimiz jamoaviy dasturda medal sari dadil qadam tashladi. Guruh bosqichining so‘nggi turida hamyurtlarimiz Bangladeshga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 3:0.
Endi ular ertaga yarim finalda mezbonlarga qarshi bahs olib boradi. Qizlarimizdan bo‘lajak bellashuvda final yo‘llanmasini kutib qolamiz.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar