"Kopa Amerika". Urugvay va AQSh turnirni g‘alaba bilan boshlashdi

  • 24 iyun, 2024, 08:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kopa Amerika"ning birinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Urugvay Panamani, AQSh esa Boliviyani taslim qildi. 

Tecno

AQSh - Boliviya uchrashuvida Pulishich hisobni ochgan bo‘lsa, Balogun farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 2:0 hisobida g‘alaba qozongan aqshliklar guruhda ikkinchi o‘ringa joylashdi. 

Urugvay - Panama bahsida Arauxo, Nunes va Vinya bittadan gol urdi. Shu bilan birga, Murillo javob qaytardi va 3 ochkoni qo‘lga kiritgan Belsa shogirdlari guruh peshqadamiga aylanib olishdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!