Ko‘pchiliging ketasan! Peres “Real”da qayta qurish qiladi

  • 09.05.2026 04:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi navbatdagi omadsiz mavsumdan keyin jiddiy o‘zgarishga yuz tutadi. The Touchline nashri xabar berishicha, klub prezidenti Florentino Peres jamoada katta “tozalash” o‘tkazish zarurati haqida jiddiy o‘ylamoqda.

Bu jarayonda bir necha futbolchilar sotib yuborilishi kutilyapti.

Ta’kidlanishicha, “Qirollik klubi” rahbari jamoa ichidagi muammolar haqidagi doimiy gap-so‘zlardan charchagan, chunki bu klub imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Katta ehtimol bilan, madridliklar joriy mavsumni sovrinsiz yakunlaydi. Agar ular yakshanba kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadigan “el-klasiko”da “Barselona”ni mag‘lub eta olmasa, La Liga chempionligi uchun so‘nggi matematik imkoniyatlarini ham yo‘qotadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!