
Ko‘pchilik uchun qiziq! Shahram G‘iyosov jangda g‘alaba qozonsa, jahon chempionlik kamarini uchun jang qiladimi?
SPORTS.uz sayti jurnalisti - Jaloliddin Ahmedov o‘z telegram kanalida hamyurtimiz Shahram G‘iyosovning jangi bilan bog‘liq qiziq ma’lumotni taqdim etdi. Uning yozishicha, G‘iyosovda kamar uchun da’vogarlik qilish imkoniyati ko‘ringanidek emas.
"17-iyun kuni bo‘ladigan Shahram G‘iyosov va Harold Kalderon bahsi yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) ELIMINATOR maqomida bo‘lishi belgilangan.
O‘zi eliminator nima?
Eliminator bu chempionlik kamariga majburiy da’vogarni aniqlab olish uchun saralash bosqichi hisoblanadi. Bu bir nechta janglardan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Bokschi eliminator jangida ishtirok etdi degani u majburiy da’vogar bo‘ladi degani emas. Misol uchun, Isroil Madrimovning Charli Navarroga, Erik Uokerga, Mishel Soroga qarshi janglari eliminator maqomida bo‘lgan. Lekin u hali ham rasmiy majburiy da’vogar emas, desam ishonasizmi? Aslida ham shunday.
Yoki Otabek Xolmatov ham Andrianik Grigoryanga qarshi, undan keyin Tomas Patrik Ourdga qarshi (har ikkisi ham eliminator) janglardan so‘ng majburiy da’vogar bo‘lgan.
Demak G‘iyosov va Kalderon bahsi g‘olibi ham birdaniga kamarga majburiy da’vogarga aylanmaydi. U hali yana bir yoki bir nechta eliminatorlardan o‘tishga to‘g‘ri keladi."
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz 17-iyun kuni AQShning Luiziana shtatida bo‘lib o‘tadigan oqshomda Harold Kalderonga (27-0, 18KO) qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar