
Koronavirus ta’siridan so‘ng: Eng qimmat tarkibga ega klublar reytingi yangilandi
Transfermarkt nashri koronavirus pandemiyasi ortidan futbolchilar narxidagi o‘zgarishdan so‘ng eng qimmat tarkibiga ega klublar ro‘yxatining yangilangan talqinini e’lon qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda "Manchester Siti" birinchi pog‘onani saqlab qoldi, ikkinchi o‘rinni "Liverpul" band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni esa Madridning "Real"i yakunlab berdi.
E’tiborli jihati, kuchli o‘nlikdan Angliya Premer-ligasining beshta klubi joy oldi.
1. "Manchester Siti" (1,02 milliard evro)
2. "Liverpul" (967 million evro)
3. "Real" (888,5 million evro)
4. "Barselona" (852,7 million evro)
5. "PSJ" (843,7 million evro)
6. "Bavariya" (756,6 million evro)
7. "Atletiko" (709 million evro)
8. "Tottenxem" (699 million evro)
9. "Chelsi" (679,9 million evro)
10. "Manchester Yunayted" (646,7 million evro)
Fikrlar