
Koronavirus tufayli Son karantinda ushlanadi
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min Janubiy Koreyadan qaytgach, 2 haftalik karantinga olinadi.
27 yoshli futbolchi bundan avvalroq, qo‘lini da’volash uchun Seulga kelgan edi.
Koronavirus Koreyada keng tarqalgan sababli, Son Londonga qaytganidan so‘ng, karantinda bo‘ladi.
Londonliklar futbolchi infektsiya yuqtirmasligiga amin, chunki jamoa barcha choralarni ko‘rdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada 2931 odamda infektsiya aniqlangan. 17 kishi vafot etgan.
Fikrlar