Koronavirus Xamesni "Real"da olib qolishi mumkin

  • 4 may, 2020, 18:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges yana “Real”da qolishi mumkin. Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq hozirgi vaziyat tufayli Xames madridliklar safida to‘p surishda davom etishi va bosh murabbiy Zinedin Zidan ham unga imkon berishi mumkin.

Agar Xames Zidanni hayratda qoldira olsa va “Real” uning transferi bo‘yicha yaxshiroq taklif ololmasa, yuqoridagi holat sodir bo‘lishi haqiqatga ancha yaqin. Biroq, unga “Everton”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Xames Rodriges joriy mavsum “Real” safida La Ligada bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!