
Koronavirusga chalingan Kanchelskis ahvoli haqida ma’lumot berdi
“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis koronavirusga chalingani aniqlandi. Tajribali murabbiy o‘zini qanday his qilayotgani haqida ma’lumot berdi.
- Menda koronavirus aniqlandi. O‘zimni yaxshi his qilyapman, lekin “o‘yin”ga tusha olmayman. Endi bu kasallik bilan kurashamiz.
Hozircha hammasi joyida. Hamma narsadan yaxshilik qidirish kerak. Mana bir-ikki kilo ozmoqchi edim. Simptomlar natijasida bunga erishdim. Qo‘rqinchli joyi yo‘q. Bu ham o‘tib ketadi. Hech kim kasal bo‘lmasin va har kim o‘zini asrasin!, - dedi Andrey Kanchelskis
Hozircha “Navbahor”ni No‘’mon Hasanov boshqarib turadi.
Fikrlar