Koronavirusga chalingan Vrsalko o‘z holati haqida ma’lumot berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Atletiko” himoyachisi Shime Vrsalko koronavirusga topshirgan testi musbat natija berganidan so‘ng, o‘z holati haqida gapirib o‘tdi: “Menda hech qanday kasallik belgilari sezilmayapti va o‘zimni yaxshi his qilyapman. Afsuski, topshirgan tahlillarim biroz yuqori natijani ko‘rsatibdi.

O‘z-o‘zini yakkalash tartibi tufayli jamoadoshlarimga yordam bera olmayotganim achinarli. Bir necha kun uyda qolishga majburman. Biroq tez orada odatiy hayot tarziga qaytishimga ishonaman”.

Eslatib o‘tamiz, “matraschilar” safida Vrsalkodan tashqari Anxel Korrea ham koronavirus yuqtirib olgan. Shu sababli, ikki futbolchi ham 13 avgust kuni “Leyptsig”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!