
Koronavirusga chalinganligi gumon qilingan Joshuadan o‘ziga xos iqtiboslar...
WBA, WBO, IBF va IBO chempioni Entoni Joshua koronavirus pandemiyasi tufayli karantin qoidalariga amal qilayotganligini aytib o‘tdi.
"Koronavirus bilan kasallangan odamlarga tezroq sog‘ayishlarini tilayman. Chunki bu hazil emas. Biz hali uning davosini topa olmadik.
Koronavirus tufayli azob chekkan va yaqinlarini yo‘qotganlarga aytmoqchiman: boshingizni baland tuting!
Hatto menga o‘xshagan qaysar ham shifokorlarning tavsiyalariga amal qilmoqda ”, - dedi Joshua.
Avvalroq, bokschi koronavirus topilgan shahzoda Charlz bilan muloqotda bo‘lganligi ma’lum qilingandi.
Fikrlar