Koronavirusning A Seriya o‘yinlariga ta’siri davom etadi. Yoxud "Inter" va "Yuventus" bu turni ham o‘tkazib yuboradi

  • 2 mart, 2020, 15:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus epidemiyasi Italiya A Seriyasi taqvimini o‘zgartirishda davom etmoqda.

Tecno

Gap shundaki Italiya hukumati Lombardiya, Veneto va Emiliya-Romanya shaharlarida har qanday ommaviy tadbirlarni qoldirishga qaror qilgan.

Shu bois A Seriyaning 27-turidan o‘rin olgan "Atalanta" - "Latsio", "Bolonya" - "Yuventus", "Inter" - "Sassuolo" va "Verona" - "Napoli" klublari uchrashuvi ham noma’lum muddatga qoldirildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 26-turning 5 ta o‘yini ham qoldirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!