
Koutino "Barselona"ga shart qo‘ydi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino faqat ma’lum shartlar asosida klubni tark etishga tayyor. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi Premer-liga yoki A Seriyaga bormoqchi. Hozircha u daraja jihatdan pastroq ligalarda o‘ynashni xohlamaydi.
Italiyada faqat "Yuventus" unga "Barselona"dagi kabi maosh bera olishi mumkin. Biroq Turin klubi Koutinoga qiziqish bildirmayapti.
29 yoshli pleymeyker joriy mavsumda Kataloniya klubi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar