Koutino: Messidan ko‘p narsa o‘rganishni maqsad qilganman

  • 7 fevral, 2018, 13:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Filippe Koutino jamoadoshi Lionel Messining o‘yinlariga yuqori baho berib o‘tdi. Koutinoning fikricha, argentinalik hujumchi kundan kunga o‘sib bormoqda va braziliyalik futbolchi undan ko‘p narsa o‘rganishni maqsad qilgan.

Tecno

Bunday bo‘lishi mumkin emas, ammo Messining kundan kunga ochilib bormoqda, – deya Koutinoning so‘zlarini keltiradi Goal nashri. – Jamoadosh sifatida men ham unga o‘xshab harakat qilishga va u bilan birga to‘p surishga tayyorman. Men har doim nimadir o‘rganishga harakat qilganman. Valverde? U shunchaki, jamoani kuchaytirishni maqsad qilgan.U futbolchilar bilan muhim narsalar haqida ko‘p suhbatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, Koutino 2013-2018 yillarda “Liverpul” sharafini himoya qilgan va qishki transferlar mavsumida “Barselona” uning uchun bonuslar bilan birga 140 million evro to‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!