
Koutino zo‘r taklifni rad etdi
“Barselona” pleymeykeri Filippe Koutino “Nyukasl”dan bo‘lgan manfaatli taklifni qabul qilmadi.
Biroq, Kataloniya klubi rahbariyati tez orada futbolchi bilan uchrashuv o‘tkazib, unda Koutinoni Angliya klubi shartnomasini qabul qilishga urinib ko‘radi.
“Barselona” anchadan beri qimmatbaho futbolchidan qutilish ilinjida yuribdi. 2018 yili “Liverul”dan olib kelingan Filippe Ispaniya chempionatida kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi. Vaholanki, La Liga unga begona emas.
Koutino “Liverpul”Ga o‘tgunga qadar “Espanol” sharafini himoya qilib, 16 ta uchrashuvda beshta to‘p kiritganidan keyin liverpulliklar e’tiboriga tushgan edi.
Braziliyali yulduz joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir juft gol urishga erishdi.
Fikrlar