
Koutinoga jamoa topildi
“Barselona” pleymeykeri Filippe Koutino kelasi mavsumni Angliya premer-ligasida boshlashi tobora aniq bo‘lib bormoqda.
“Arsenal” klubi braziliyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan bir yillik ijaraga olishga qaror qildi. Bunda kataloniyaliklarning Koutino oladigan maoshning bir qismini to‘lab berish haqidagi e’loni muhim ahamiyat kasb etdi.
“Barselona” bosh murabbiy rejasiga kirmaydigan, lekin katta miqdorda maosh oladigan futbolchidan shu yo‘l bilan qutilmoqchi.
Fikrlar