Krasnitskiydan Geynrixgacha. Yoxud "Paxtakor"ning eng yaxshi to‘purarlari

  • 10 mart, 2021, 00:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilgi Superliga mavsumi startidan avval "Paxtakor" matbuot xizmati klub tarkibida sobiq SSSR va O‘zbekiston chempionatlari yuqori ligasida eng ko‘p gol urgan futbolchilarni yana bir bor eslab o‘tdi.

Eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Gennadiy Krasnitskiy hisoblanadi. U 102 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan. O‘tgan mavsumda bir necha o‘rin yuqori ko‘tarilgan Igor Sergeev 101 to‘p muallifi bo‘lgan. Uchinchi pog‘onada joylashgan Igor Shkvirin 66 golini O‘zbekiston, 25 to‘pini esa SSSR chempionati oliy ligasida kiritgan bo‘lib, uning hisobida jami 91 gol mavjud. Birodar Abduraimov 87, Anvar Soliev 86 gol muallifi bo‘lgan. Zayniddin Tojiev 71, "Paxtakor"da ikkinchi yoshligini boshdan kechirgan mashhur Andrey Yakubik 70 gol urishga erishgan.

Kuchli o‘nlikdan Aleksandr Geynrix, Server Jeparov va Dilmurod Nazarov ham o‘rin olgan.

"Paxtakor"ning umumiy chempionatlardagi eng yaxshi to‘purarlari:

Gennadiy Krasnitskiy 102
Igor Sergeev 101
Igor Shkvirin 91
Birodar Abduraimov 87
Anvar Soliev 86
Zayniddin Tojiev 71
Andrey Yakubik 70
Aleksandr Geynrix 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56

"Paxtakor"ning O‘zbekiston chempionatidagi eng yaxshi to‘purarlari:

Igor Sergeev 101
Anvar Soliev 86
Zayniddin Tojiev 71
Aleksandr Geynrix 66
Igor Shkvirin 66
Server Jeparov 64
Dilmurod Nazarov 56
Sobir Xodiev 54
Mirjalol Qosimov 52
Shuhrat Maqsudov 51

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!