Krishtianu Ronaldu: Biz "Yunayted"miz!

  • 6 dekabr, 2021, 19:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 15-turidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

E’tiborlisi, bu "qizil iblislar" boshqaruviga yaqindagina tayinlangan Ralf Rangnikning debyut uchrashuvi edi. G‘alabadan so‘ng manchesterliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu o‘z "Instagram" sahifasi orqali post qoldirdi:

"Bosqichma-bosqich. Biz birgamiz, biz "Yunayted"miz",-deya yozib qoldirdi portugaliyalik hujumchi. 36 yoshli Ronaldu joriy mavsum barcha turnirlarda 18 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobida 12 gol hamda 2 assistni yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, MYu Rangnikdan oldin vaqtinchalik bosh murabbiy Maykl Kerrik qo‘l ostida ham dastlabki bellashuvda g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!