
Kristensen "Barselona"dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Andreas Kristensen kelasi mavsumda jamoada qolishi mumkin. Ispaniya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli daniyalik futbolchi jamoadagi o‘rni uchun kurash olib borish niyatida.
Kristensenning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 15 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda La Liganing uchta o‘yinida ishtirok etgan futbolchi ikki marta sariq kartochka oldi. Andreas Kristensen 2022 yilning yozida "Barselona" safiga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar