Kristian Eriksen: "Tottenxem"ning g‘alaba qozonishdan boshqa chorasi yo‘q edi

  • 24 aprel, 2019, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen kecha “Brayton”ga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Goldan oldin men raqib darvozasini  bir necha marta nishonga oldim. Nihoyat to‘pga aniq zarba berdim va keyin uning darvoza to‘ridan joy olganini ko‘rdim.

O‘yin og‘ir kechdi. Biz juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo raqib chuqur himoyalangan edi. Jarima maydoni ichida 10-11 kishiga qarshi o‘ynash juda ham qiyin.

Eng muhimi biz o‘z o‘rnimizni saqlab qoldik. Biz raqiblarimizning qayd etgan natijalaridan foydalandik va bu bilan ularga bosim o‘tkazdik. Biz jiddiy xavf ostida ekanimizni bilgandik. Shu bois bizni g‘alaba qozonishdan boshqa choramiz yo‘q edi”, - deydi daniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” ayni damd a APL musobaqa jadvalida 70 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!