Kristiano "Atalanta"ga o‘tadi

  • 08.09.2020 22:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atalanta" tez orada "Valensiya" himoyachisi Kristiano Pichchinini o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, klublar 27 yoshli italiyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan. Pichchini tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga keladi va bergamoliklar bilan shartnoma imzolaydi.

Kristiano yaqinda tizzasidan operatsiya qilingan edi. Shu bois u yaqin bir necha oy davomida maydonga tusholmasligi mumkin.

Pichchini “Valensiya” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!